
Tim Uols / Foto: Getty Images
AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Kamala Harris Minnesota gubernatori Tim Uolsni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlashi kutilmoqda. Bu haqda CNN to‘rtta manbaga tayanib xabar berdi.
Harris kun oxirigacha o‘zining vitse-prezidentlikka nomzodini rasman e’lon qiladi.
Tim Uols — 1964 yilda tug‘ilgan, kasbi bo‘yicha o‘qituvchi. U maktabda ishlagan, shuningdek, AQSH Milliy gvardiyasida xizmat qilgan. 2007 yilda AQSH Kongressi Vakillar palatasiga saylangan, 2019 yilda esa Minnesota gubernatori bo‘lgan.
Avvalroq, AQSH prezidentligi saylovida Kamala Harrisning ehtimoliy hamkorlari ro‘yxatiga Tim Uols bilan bir qatorda Arizona shtatidan senator, sobiq astronavt Mark Kelli va Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro kiritilgani haqida xabar berilgan edi.
AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp vitse-prezidentlikka Ohayo shtati senatori Jeyms Vens nomzodini tanlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar