Foto: Getty Images
AQSH maxsus prokurori Devid Vays ofisi prezident Jo Baydenning o‘g‘li — Xanter hamda uning biznes-sheriklarini ruminiyalik oligarxdan Amerika davlat idorasiga ta’sir ko‘rsatish va’dasi ostida 3 million dollar olganlikda aybladi, deb xabar beradi ABC News.
Sudga taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, ruminiyalik biznesmen Gabriel Popovichiu 2015 yilda Xanter Baydenni yuridik topshiriqlarni bajarish uchun yollagan. Shundan keyin oligarxga o‘z yurtida korrupsiya bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Materiallarda qayd etilishicha, AQSH prezidenti Baydenning o‘g‘li Popovichiudan Amerika rasmiylariga ta’sir o‘tkazish, o‘z navbatida ular Ruminiyada ilgari surilgan ayblovni tergov qilishlari evaziga pul olganini tasdiqlovchi dalillar bor.
Maxsus prokuraturaga ko‘ra, tomonlar bunday lobbistik faoliyat Xanterning otasini siyosiy karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini yaxshi tushungan, shu sababdan bitim «uning asl maqsadini yashirgan» holda tuzilgan.
2023 yil sentyabrida AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri, respublikachi Kevin MakKarti Vakillar palatasining qo‘mitalari AQSH prezidenti Jo Baydenga impichment jarayonini boshlashi mumkin bo‘lgan tergov ishlarini boshlaganini e’lon qildi.
Respublikachilarga ko‘ra, Bayden 2009-2017 yillarda vitse-prezident bo‘lib ishlagan vaqtida o‘g‘li Hanterning xorijiy tijorat loyihalaridan daromad olgan. Bunda Federal qidiruv byurosining (FQB) sobiq maxfiy axborotchisi Aleksandr Smirnov ko‘rsatmalari asos qilib olingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda