22:44 / 11.08.2024
58

Xonanda Adel unashtirilganini e’lon qildi: “Men turmushga chiqyapman”

Xonanda Adel unashtirilganini e’lon qildi: “Men turmushga chiqyapman”
Someone Like You qo‘shig‘i ijrochisi, britaniyalik xonanda Adel turmushga chiqayotganini e’lon qildi. Bu haqda The voice magazine xabar bermoqda.

Foto: Vulture
Xonanda o‘zidan olti yosh katta Rich Pol ismli sport agenti bilan munosabatlarini yashirmas edi. U bir necha bor Richni turmush o‘rtog‘im deb atagani uchun yulduzning ko‘plab muxlislari ular allaqachon turmush qurganiga ishonchi komil edi. Biroq kuni kecha juftlik yaqinda bo‘lib o‘tadigan to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Billboard
Adel Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan konsert dasturida hayotida ulkan o‘zgarish kutilayotgani haqida ma’lum qildi. Xonandaning muxlislaridan biri unga turmush qurish taklifi yozilgan plakat ushlab turgan edi. Adel darhol ushbu yozuvga e’tibor qaratdi va ashaddiy muxlisining taklifiga rad javobini aytishga majbur bo‘ldi:

Men bunday qila olmayman, chunki allaqachon turmushga chiqyapman”, deya tan oldi Adel va sakson ming kishi to‘plangan stadionda o‘zining unashtiruv uzugini namoyish qildi.

Adel va Rich Pol uch yildan beri tanish bo‘lib, juftlik iyul oyida Londonda unashtirilganini e’lon qilishgan edi.

Foto: Vulture

Foto: New York Post

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonanda Adel unashtirilganini e’lon qildi: “Men turmushga chiqyapman”