16:22 / 12.08.2024
65

Livan janubida halok bo‘lgan «Hizbulloh» jangchilari soni 400 dan oshdi

Livan janubida halok bo‘lgan «Hizbulloh» jangchilari soni 400 dan oshdi
Foto: Anadolu Agency
2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning Livan janubidagi hujumlarida «Hizbulloh»ning 407 nafar jangchisi halok bo‘ldi.

Harakatning bildirishicha, so‘nggi 24 soat ichida Livan janubidagi Isroil hujumlarida «Hizbulloh»ning uch a’zosi hayotdan ko‘z yumgan.

Harakatning Telegramdagi sahifasida halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirilgan. Ular 36 yoshli Muhammad Hani Haydar, 27 yoshli Ali Semir Hijoziy va 27 yoshli Hasan G‘adbandir.

2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil armiyasi va «Hizbulloh» harakati o‘rtasida chegara chizig‘ida «nazorat ostidagi to‘qnashuvlar» bo‘lib o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Livan janubida halok bo‘lgan «Hizbulloh» jangchilari soni 400 dan oshdi