Foto: picture alliance
Ukraina Rossiya hududida Kanada tomonidan taqdim etilgan tanklar va zirhli transport vositalaridan erkin foydalanishi mumkin. Bu haqda Kanada milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Ukrainaliklar o‘z vatanini qanday himoya qilishni yaxshiroq bilishadi va biz ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Hukumat Ukrainaga topshirayotgan harbiy texnikadan foydalanishda geografik cheklovlar qo‘ymaydi”, deyiladi Kanada Mudofaa vazirligi bayonotida.
Bu bayonot harbiy ekspertlarning Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumini qancha davom ettirishi mumkinligi haqidagi taxminlar fonida e’lon qilingan.
Ottava avvalroq Kiyevga sakkizta Leopard 2A4 tanklari, bir necha o‘nlab zirhli jangovar yordam mashinalari va yuzlab zirhli patrul mashinalarini jo‘natgan.
Ukraina armiyasi 6 avgustdan beri Rossiyaning Kursk viloyatida hujum amalga oshirmoqda. 9 avgust kuni Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etilgan edi. Kursk gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 12 avgust kuni 120 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingani yoki hududni tark etganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi