Ukraina harbiylari orasida kadrlar yetishmasligi sharoitida Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun frontning boshqa hududlaridagi noxush vaziyatni yomonlashtirishi mumkin va u “o‘zini oqlamaydi”, deb yozadi “Wall Street Journal”.
Nashrga ko‘ra, Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun “allaqachon yomon ahvolni yana ham yomonlashtirish xavfini tug‘diradi".
“Bizda o‘z vazifamizni to‘g‘ri bajarish uchun yetarli odam yo‘q”, - deydi o‘tgan hafta Krasnogorovka hududida bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlarining 21-bataloni qo‘mondoni.
U batalon yo‘qotishlarining atigi 20 foizini safarbar qilinganlar qoplaganidan shikoyat qildi. Bundan tashqari, uning aytishicha, askarlar charchagan.
Nashrga ko‘ra, Kiyev o‘z kuchlarini sharqiy frontdan Kursk viloyatiga o‘tkazib, bo‘linmalarni “bundan ham cho‘zilgan” holga keltirmoqda.
Boshqa yo‘nalishlardagi ukrainalik qo‘mondonlar artilleriya o‘q-dorilari va odamlar yetishmasligidan shikoyat qilishayotgani aytilmoqda.
“Agar bir pozitsiyada besh yoki olti kishi bo‘lishi kerak bo‘lsa, bizda ikki yoki uchta bo‘ladi”, - deydi oxirgi ikki oydan beri Chasov Yar hududida joylashgan Ukraina kuchlarining 45 yoshli mayori.
Nashrda ta’kidlanishicha, boshqa yo‘nalishlarda harbiy xizmatchilar yetishmasligini hisobga olib, Ukraina harbiylari Kursk viloyatiga qilingan hujum “o‘zini oqlashiga” shubha bildirmoqda.
6 avgust kuni ertalab soat 5:30 da Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi, ularning yurishi to‘xtatildi, deb xabar berdi Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov. Uning ta’kidlashicha, Kursk viloyatidagi operatsiya dushmanning mag‘lubiyati va davlat chegarasiga kirishi bilan yakunlanadi. Rossiya Mudofaa vazirligining 15 avgust kuni xabar berishicha, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 2640 nafargacha harbiy xizmatchi va 37 ta tank yo‘qotgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘ra, Kiyev rejimi provokatsiyaga qo‘l urdi, tinch aholi manzillarini ham o‘qqa tutdi. Putinning aytishicha, dushman munosib javob oladi, Rossiya oldida turgan barcha maqsadlarga erishiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)