Foto: Getty Images
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirishi ortidan Eron Isroilga qarshi rejalashtirgan javob harakatini keyinga surishi mumkin. Bu haqda AQSH, Eron va Isroildagi rasmiy manbalarga tayanib, The New York Times xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Eron G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda vositachilarga vaqt berish uchun javob zarbasini qoldirishi mumkin.
Avvalroq Dohada AQSH, Isroil, Misr va Qatar vakillari ishtirokida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi vaziyatni hal etishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilgandi. Muzokaralarning birinchi kuni yakunida Qatar hukumati Eronni muzokaralar davomida “har qanday keskinlashuvdan o‘zini tiyishga” chaqirgan.
16 avgust kuni Isroil maxfiy xizmati “Hizbulloh” va Eron raketa bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasini pasaytirganini aniqladi. Biroq vaziyat o‘zgarishi inkor etilmadi.
HAMAS siyosiy yetakchisi o‘limi
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya 31 iyul kuni Tehrondagi qarorgohiga qilingan hujum oqibatida halok bo‘ldi. U bilan birga tansoqchisi ham vafot etgandi. HAMAS va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hujumni tasdiqlab, Ismoil Haniya Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lganini bildirdi. Bunga javoban Husiylar va “Hizbulloh” qasos olishga va’da berdi. Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy esa Haniyaning o‘limi uchun Isroilga qarshi “keskin jazo” Tehronning burchi ekanini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)