18:35 / 18.08.2024
249

Habib Nurmagomedov soliqdagi qancha qarzini to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov soliqdagi qancha qarzini to‘lagani ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Federal soliq xizmati yengil vaznda sobiq UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov qarzlarini to‘liq yopganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq Habibning qarzlari 302 million rublni tashkil etgani aytilgandi. Ushbu qarz Nurmagomedovning hisob raqamlari bloklab qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Federal soliq xizmati rasmiy hujjatlardagi ishonchsiz ma’lumotlarni dalil qilgan holda Habibning bir qancha kompaniyalarini yopib qo‘ygan edi.

Sportchi katta miqdordagi soliq qarzini to‘lagan. Sud ijrochilari sobiq chempionni 79,3 million rubl qarzni to‘lashga majbur qilgan.

Soliq inspeksiyasi qarori talablarini bajarishga qaratilgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy chora-tadbirlar majmui qabul qilindi. Natijada, sportchi qarzlarining to‘liq miqdorini to‘lab berdi
”, deyiladi Federal soliq xizmati bayonotida.

Habib Nurmagomedov 2020 yilning 24-oktyabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o‘tkazgan. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qilgan. Unga Jastin Getji raqiblik qilgandi. Nurmagomedov Getjini bug‘ish usuli bilan muddatidan oldin mag‘lub etgan. Bu dog‘istonlik jangchining 29-g‘alabasi edi. Jangdan so‘ng sportchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedov soliqdagi qancha qarzini to‘lagani ma’lum bo‘ldi