19:23 / 18.08.2024
162

Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi yana bir ko‘prikni vayron qildi

Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi yana bir ko‘prikni vayron qildi
Foto: ZN.UA
Kursk viloyatidagi hujum chog‘ida Ukraina harbiy-havo kuchlari Zvannoye qishlog‘idagi Seym daryosidan o‘tgan, rus harbiylari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘prikni vayron qildi. Bu haqda Ukraina QK Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk ma’lum qildi.

Kursk yo‘nalishida yana bir ko‘prik vayron qilindi. Harbiy havo kuchlari aviatsiyasi dushmanni aniq havo zarbalari bilan logistika imkoniyatlaridan mahrum qilishda davom etmoqda, bu esa harbiy harakatlarga sezilarli ta’sir qiladi, deb yozgan u o‘zining Facebook sahifasida.

Hozirgacha Seym daryosi bo‘ylab o‘tgan uchta ko‘prikdan ikkitasi vayron qilingan

Hammasi bo‘lib, butun Glushkova tumanini kesib o‘tuvchi Seym daryosi bo‘ylab uchta ko‘prik bo‘lgan — Glushkova, Zvannoye va Karij qishlog‘ida. 16 avgust kuni Zvannoyedan sakkiz kilometr uzoqlikda joylashgan Glushkovadagi o‘tish joyi vayron qilingani xabar qilingandi. Hozirda mazkur hududda Seym bo‘ylab faqat bitta ko‘prik mavjud bo‘lib, u orqali Rossiya armiyasi uchun qurol va oziq-ovqat yetkazib berish mumkin.

6 avgust kuni Ukraina armiyasi Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujum operatsiyasini boshlagan edi.

9 avgust kuni Rossiya hukumati Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida “aksilterror operatsiyasi rejimi”ni joriy qilgan. 12 avgust kuni Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov jangovar hududdan 120 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinganini hamda Ukraina Qurolli kuchlari mintaqadagi 28 aholi punkti ustidan nazoratni o‘rnatganini ma’lum qilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar Kursk viloyatidagi 1150 kvadrat metr maydondagi 82 ta aholi punktini nazoratga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi yana bir ko‘prikni vayron qildi