Foto: Rossiya IIV Chelyabinsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi
Moskvada Rossiya fuqaroligini olgan o‘nlab muhojirlarga harbiy ro‘yxatga olish uchun chaqiruv qog‘ozlari tarqatildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, reydlar Moskva sharqidagi “Shelkovskaya” metro bekati yonidagi avtovokzalda, shuningdek, sabzavot bozori va hostellarda amalga oshirilgan. Qaysi mamlakatdan kelganlar chaqiruv qog‘ozlarini olgani aytilmagan.
Bir necha kun avval Sankt-Peterburgda ham migrantlarning ish joylariga keng ko‘lamli reyd uyushtirilgan. 250 dan ortiq politsiyachilar shaharning yirik ulgurji bozorlariga borib, u yerda tekshirilgan 2 ming nafar xodimdan Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lgan 100 dan ortiq muhojirni aniqlagan. Ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan. Endilikda deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Harbiy ro‘yxatga turmaganlar Rossiya fuqaroligidan mahrum qilinadi
Iyul oyining oxirida Rossiya Davlat dumasi deputatlari fuqarolikni olgan, ammo harbiy ro‘yxatdan o‘tmaganlarni fuqarolikdan mahrum qilish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatda, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi organlari Rossiya pasportini olgan erkaklar haqidagi ma’lumotlarni harbiy ro‘yxatga olish reyestriga yuborishi ko‘zda tutilgan.
Bundan oldin Davlat dumasi Rossiyada yashagan sobiq muhojirlar uchun harbiy xizmatga chaqiruv yoshini oshirish va armiyada xizmat muddatini 2 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.
2024 yil fevral oyida Rossiya parlamenti quyi palatasi deputatlarining bir guruhi Rossiya fuqaroligini keyinchalik olgan shaxslar uchun harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 50 yoshgacha ko‘tarish tashabbusini ilgari surgan. Ammo ko‘p o‘tmay duma raisi Vyacheslav Volodin tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan so‘ng, mazkur taklif qaytarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)