Foto: RIA Novosti
Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatidan bir kun ichida 1,7 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, dedi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchining matbuot kotibi Irina Tolmacheva.
«Mintaqada favqulodda holat va aksilterror operatsiyasi rejimlari amal qilyapti. Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning buyrug‘i bilan aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlari davom etmoqda. Eng avvalo, bolali oilalar va keksa fuqarolarga e’tibor qaratilmoqda. Kun davomida 1724 kishi mustaqil va uyushgan guruhlar bo‘lib chiqib ketdi», — deya ta’kidlagan Tolmacheva viloyat hokimiyatining Telegram-kanalida e’lon qilingan videoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatida 6,5 mingdan ortiq kishi, jumladan, qariyb 1,4 ming nafar bolalar vaqtinchalik saqlash markazlariga joylashtirilgan.
Viloyat hukumati sahifasidagi xabarda 24 soat ichida mintaqaga 160 tonna gumanitar yordam to‘rtta kolonnada yetib kelgani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi