08:00 / 20.08.2024
106

Britaniya diplomati hukumat Isroilga qurol sotgani uchun iste’foga chiqdi

Britaniya diplomati hukumat Isroilga qurol sotgani uchun iste’foga chiqdi
Foto: EPA
Britaniya TIV vakili Mark Smit hukumatning Isroilga qurol eksportini taqiqlashdan bosh tortgani sababli iste’foga chiqdi, deb yozadi The Guardian diplomat bayonotiga tayanib.

Smitning so‘zlariga ko‘ra, u avval Yaqin Sharqda qurol eksportini litsenziyalash ustida ishlagan va uning hamkasblari Isroil G‘azodagi harakatlari bilan xalqaro gumanitar qonunlarni qanday buzganiga guvoh bo‘lgan.

"Ko‘chalar va universitetlar vayron qilingan, insonparvarlik yordami to‘sib qo‘yilgan, tinch aholi muntazam ravishda xavfsiz boshpanasiz qolmoqda. Bular harbiy jinoyatlardir", deydi Smit.

Uning ta’kidlashicha, Britaniyaning Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishini “oqlab bo‘lmaydi”.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, vazirlikning ushbu masala bo‘yicha shikoyatlariga bergan javoblari ancha rasmiy bo‘lgani sababli u o‘z lavozimidan ketishga qaror qilgan.

Britaniya parlamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yildan beri qirollik Isroilga qariyb 750 million dollarlik qurol litsenziyasini sotgan. Buyuk Britaniya hukumati mojaro avj olgan 2023 yilning 7 oktyabridan 2024 yilning 31 mayiga qadar 42 ta litsenziya bergan.

Shuningdek, boshqa bir qator G‘arb davlatlari ham Falastinning HAMAS guruhi bilan mojaroda Isroilni qo‘llab-quvvatlab, u yerga harbiy yordam yubormoqda. Xususan, Germaniya va AQSH Isroil armiyasiga qurol yetkazib berishda faol harakat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya diplomati hukumat Isroilga qurol sotgani uchun iste’foga chiqdi