Yerevanda muxolifatdagi «Respublika» partiyasi (uning asoschisi sobiq bosh vazir Aram Sarkisyan) vakillari Belarus elchixonasi oldida norozilik namoyishi uyushtirib, diplomatik missiya eshigiga tuxum, kartoshka va pomidor uloqtirib: «Armanistondan daf bo‘linglar!», deb baqirdilar. Bu haqda News.am xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, aksiyaga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning so‘nggi bayonotlari sabab bo‘lgan. U Yerevanning G‘arb davlatlari bilan yaqinlashish istagini tanqid qilgan edi.
«Siz Armaniston siyosatini ko‘ryapsiz. Xo‘sh, bu qanaqa siyosat?! Xo‘sh, armanlar bizdan boshqa kimga kerak? Ular hech kimga kerak emas. Iqtisodiyotini rivojlantirib, o‘z resurslariga e’tibor qaratishsin. Fransiya? Makron? Ertaga Makron ketadi va hamma bu Armanistonni unutadi», degan edi Belarus rahbari.
Belarus va Armaniston munosabatlari iyun oyida murakkablashdi. Lukashenko Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ni Boku nazorati ostiga qaytarish bo‘yicha operatsiyani «ozodlik urushi» deb atadi. Belarus prezidenti, shuningdek, ozarboyjonlik hamkasbi bilan operatsiya boshlanishidan oldin uning natijalari variantlarini muhokama qilganini tan oldi.
Bu bayonotlardan so‘ng Armaniston Minskdagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Bosh vazir Nikol Pashinyan o‘zi va Armaniston hukumatining boshqa vakillari Lukashenko prezident bo‘lgan paytda Belarusga «hech qachon bormasligini» aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda