12:45 / 22.09.2016
8 337

Turkmaniston sigaretasiz qoldi

Turkmaniston sigaretasiz qoldi

Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boshlab, Turkmanistonning davlat do‘konlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti. Shu sababli, tamaki mahsulotlarining tijorat do‘konlaridagi narxi keskin qimmatlashgan. Ayrim joylarda, bir kishiga bir quti sigareta sotilayotgani xabar qilinmoqda. Boshqa bir hududda faqatgina donalab xarid qilish mumkin. Ba’zan tamaki mahsuloti uchun tortishuvlar janjalga aylanib, polisiya aralashuviga olib kelayapti, deb yozmoqda mahalliy OAV.

Xabarlarga ko‘ra, birmuncha vaqt avval, nodavlat tashkilotlari va xususiy shaxslarga tamaki mahsulotlari olib kirish taqiqlangan edi. Biroq, savdo vazirligi bo‘linmalari bu jarayonga tayyor bo‘lmagani bois, mahsulotni etkazib berishda doimiy uzilishlar vujudga kelmoqda.

Shu sababli, mamlakatda tamaki mahsulotlarini noqonuniy pullovchi qora bozor avj olmoqda. Xususan, ANT manbalariga ko‘ra, bugungi kunda bir quti sigareta rusumiga qarab 50, 60 va hatto 65 manat (14-17 yoki 18,5 dollar)dan sotilmoqda. Aslida bu mahsulotlarni ham davlat do‘konlar sotuvchilari yashirincha pullashayotgani aytilmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston sigaretasiz qoldi