Kollaj: Kamishin / Malyuska / Streles
Ukraina Oliy radasiga uch nafar vazirdan iste’foga chiqish haqida arizalar kelib tushdi. Bu haqda Ukraina parlamenti spikeri Ruslan Stefanchuk xabar berdi.
Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin, adliya vaziri Denis Malyuska, ekologiya vaziri Ruslan Streles hamda Davlat mulki fondi raisi Vitaliy Koval iste’foga chiqmoqda. Bunga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
“Barcha arizalar yaqin orada bo‘lib o‘tadigan yalpi majlislardan birida ko‘rib chiqiladi”, dedi spiker Stefanchuk.
Denis Malyuska 2019 yil 29 avgustda adliya vaziri lavozimini egalladi. U prezidentning “Xalq xizmatkori” partiyasi a’zosi hisoblanadi.
Aleksandr Kamishin 2023 yil mart oyida Ukraina sanoatining strategik sohalari bo‘yicha vaziri etib tayinlangandi. Bungacha u “Ukrzaliznitsi” (Ukraina temir yo‘llari) boshqaruvi raisi bo‘lgan.
Ruslan Streles 2022 yil aprel oyidan beri Ukraina atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish vaziri bo‘lib, 2021 yil noyabr oyidan buyon ushbu idora rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelgan. Bungacha u Dnepropetrovsk viloyati administratsiyasida ishlagan.
Vitaliy Koval 2006 yilgacha bank sektorida ishlagan, keyin tadbirkorga aylangan va turli xil kompaniyalarni boshqargan: qishloq xo‘jaligi, transport va qurilish. 2019 yilda Koval Rovno viloyati gubernatori lavozimini egallagandi. 2023 yil noyabr oyida u Ukraina davlat mulki fondi raisi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»