11:09 / 04.09.2024
64

Ukraina tashqi ishlar vaziri ham iste’foga chiqmoqda

Ukraina tashqi ishlar vaziri ham iste’foga chiqmoqda
Foto: Getty Images
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba iste’foga chiqmoqda. Bu haqda Oliy rada spikeri Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.

Vazirning Oliy radaga kelib tushgan arizasi yaqin kunlardagi yalpi majlislardan birida ko‘rib chiqiladi. Dastlab, Kulebaning iste’foga chiqishi haqida mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy jamoasidagilar ma’lum qilgandi. Uning o‘rniga o‘rinbosari Andrey Sibigining nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

U prezident ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari (2021-2024 yillar), Ukrainaning Turkiyadagi sobiq elchisi (2016-2021 yillar) hamda ukrainalik diplomat hisoblanadi. Manbalar hukumatda kadrlar o‘zgarishi mumkinligini prognoz qilinmoqda. Bu o‘zgarishlar Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalga tegishli bo‘lmaydi, u o‘z lavozimida qoladi.

Hukumatdagi o‘zgarishlar

“Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari David Araxamiya bu hafta “hukumatni qayta tiklash” bo‘lib o‘tishini aytdi. Bu esa Vazirlar mahkamasi xodimlarining 50 foizdan ortig‘iga ta’sir qiladi. 3 sentyabr kuni Zelenskiy prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Rostislav Shurmani ishdan bo‘shatdi. Xalq deputati Yaroslav Jeleznyakning aytishicha, bu qaror hamkorlarning pozitsiyasi va ochiq korrupsiya tufayli qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina tashqi ishlar vaziri ham iste’foga chiqmoqda