Foto: Al-Monitor
AQSH G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yangi rejani ma’lum qildi. U mohiyatan 90 foizga kelishilgan va 18 banddan iborat. Bu haqda administratsiyaning yuqori martabali vakiliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Bir paragrafda sof texnik tuzatish mavjud, yana uchtasi esa asirlar va garovga olinganlar almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lib, buni HAMASning 2 iyuldagi bayonotida aytilganidek, yana muhokama qilish zarur. Ushbu kelishuvning 90 foizi allaqachon kelishilgan. U HAMASning gumanitar imtiyozlar bo‘yicha taklifida ilgari surgan shartlarni o‘z ichiga oladi, dedi anonim amaldor.
Shuningdek, u G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Filadelfiya yo‘lagi yangi rejada umuman tilga olinmagani, gap Isroil qo‘shinlarini aholi zich joylashgan hududlardan olib chiqish haqida ketayotganini ta’kidladi.
Umuman olganda, bitim uch qismdan tashkil topgan. Birinchi qism gumanitar masalalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi qism isroillik garovdagilarni falastinlik mahbuslarga almashish haqida. Uchinchi qism esa o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlardan iborat. Amaldorning fikricha, ushbu rejaning amalga oshirilishi G‘azo sektorida “urushning butunlay to‘xtashiga” olib keladi.
Muzokaralar jarayoni
G‘azo bo‘yicha vositachilar orqali muzokaralar bir necha haftadan buyon Qohira va Dohada olib borilmoqda, biroq aniq muvaffaqiyat haqida xabar berilmagan. Isroilning G‘azo va Misr o‘rtasidagi chegarada nazoratni saqlab qolish talabi Falastin anklavidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lidagi to‘siqlardan biridir. Isroil rasmiylari mamlakat armiyasi chiqib ketgan taqdirda, HAMAS qayta qurollanib, jangovar salohiyatining bir qismini tiklay olishiga ishonch bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»