Foto: Google Images
Vladimir Putin Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarga roziligini, biroq bu muzokaralar 2022 yilda Istanbulda erishilgan kelishuvlar asosida bo‘lishi kerakligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, avvalroq bu kelishuvlar Ukraina tomoniga ma’qul kelgan, biroq mamlakat rasmiylari G‘arbning ko‘rsatmalari tufayli loyihadan voz kechishga qaror qilgan.
“Biz ular bilan muzokaraga tayyormizmi? Biz bundan hech qachon voz kechmaganmiz. Lekin qandaydir vaqtinchalik talablar asosida emas, balki Istanbulda kelishilgan hujjatlar asosida muzokara o‘tkazilishi kerak”, dedi prezident Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil mart oyida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari “tinchlik kelishuvining deyarli barcha parametrlari” bo‘yicha kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan. Uning qayd etishicha, shartlar Ukraina muzokaralar delegatsiyasi rahbari Devid Araxamiya tomonidan ma’qullangan.
“Ha, hali yakunlanishi kerak bo‘lgan ba’zi narsalar bor edi, lekin umuman olganda, bu hujjatga viza qo‘yilgan. Keyin janob Boris Jonson keldi, Britaniya hukumati ham buni tasdiqlaydi. U ukrainaliklarga oxirgi askar qolgunga qadar kurashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bugun Rossiyaning strategik mag‘lubiyatiga erishish uchun mana shunday ko‘rsatmalar asosidagi harakatlar sodir bo‘lmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Istanbul kelishuvlari to‘plami Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan va yadroviy qurol yaratishdan bosh tortishini o‘z ichiga olgan. O‘z navbatida, Kiyev "NATOning beshinchi moddasiga o‘xshash" xalqaro xavfsizlik kafolatlarini olishni maqsad qilgandi.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar 2022 yilning may oyida to‘xtab qolgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»