Foto: AP
Ukrainada harbiy to‘lovlar uchun pul yo‘q. Bu haqda Oliy Rada budjet qo‘mitasi raisi Roksolana Pidlasa ma’lum qildi.
“Mudofaa vazirligi bizga 20 sentyabrgacha jangovar xarajatlarni to‘lashga mablag‘lari yo‘qligini aytdi. Lekin biz 20 sentyabrgacha davlat budjetiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz beramiz. Hozir Oliy Rada yig‘ilishi sanasini ayta olmayman, lekin taxminan 17—18 sentyabr kunlari ovoz berishni kutmoqdamiz”, dedi u.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, yil boshida AQSHdan moliyalashtirish kechikishi tufayli qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Shu sababli, Kiyev harbiylar uchun ajratilgan mablag‘larga qurol sotib olishga majbur bo‘lgan.
Avgust oyida Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mudofaa ehtiyojlari uchun mablag‘ning keskin tanqisligi — 12 milliard dollardan ortiq defitsitni e’lon qilgan edi.
Financial Times xabar qilganidek, Ukraina yillik 87 milliard dollarlik budjetining deyarli yarmini mudofaa xarajatlariga ajratgan, biroq ichki daromadi atigi 46 milliard dollarni tashkil etadi. Rada deputati Aleksandra Ustinova davlat budjetidagi yemirilishlar G‘arb mablag‘lari yordamida yopilayotganiga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar yordamni to‘xtatsa, Ukraina rasmiylari G7 mamlakatlariga yordam so‘rab “qo‘l cho‘zishga” majbur bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»