Amerikaning National Interest jurnali dunyoning dengiz, havo va quruqlikdagi eng kuchli armiyalari reytingini tuzib chiqdi. Ularning har birida Rossiya, AQSh va Xitoy o‘rin egallagan.
Shunday qilib, nashr tasnifiga ko‘ra, dunyoda eng kuchli harbiy-dengiz flotiga ega mamlakatlar — AQSh, XXR, Rossiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyadir.
Aslida, Rossiya quruqlikdagi armiya bo‘yicha etakchi hisoblanadi. Biroq, uning harbiy-dengiz floti tarkibidagi kemalari soni etarlicha. "Rossiya HDK ixtiyorida 79 ta katta kema, jumladan bitta avianoses, beshta kreyser, 13 ta esmines va 52 ta suv osti kemasi mavjud", — deyiladi hujjatda.
Maqola mualliflarining qayd etishicha, suv osti kemalari Rossiya harbiy flotining asosiy kuchidir. Uning tarkibidagi suv osti kemalarining 15 tasi atom kemalaridir. 16 ta ko‘pmaqsadli, raketa-torpedo qurollariga ega suv osti kemasi mavjud. 9 tasiga ballistik raketa, oltitasiga qanotli raketalar joylangan.
Boshqa mamlakatlar borasida to‘xtalgan NI Amerika aviatashuvchi kemalarini alohida e’tirof etgan. AQShda 10 ta shu rusumdagi kema bor. Bundan tashqari, Xitoy harbiy floti tarkibida ham suv osti kemalari ko‘p.
NI nashriga ko‘ra, AQSh, XXR, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya quruqlikdagi eng kuchli armiyalarga ega.
Rossiya quruqlikdagi qo‘shinlari soni 285 ming nafar jangovar tarkibdan iborat, NI fikricha, 535 ming harbiy xizmatchidan iborat AQSh qo‘shini eng kuchlisidir. Xitoy xalq ozodlik armiyasi o‘z navbatida 1,6 millionlik piyoda qo‘shinlari bilan faxrlansa arziydi. Britaniyada bu ko‘rsatkich 102 ming askardan iborat.
So‘nggi, uchinchi reytingga ko‘ra, er yuzidagi eng kuchli harbiy havo kuchlari atigi to‘rtta mamlakatda mavjud. Bular — AQSh, Rossiya, XXR va Yaponiya.
Rossiya ixtiyorida 1500 jangovar samolyot va 400 ta shunday vertolyot bor. NI jurnalining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar HHK tarkibida 5,6 ming samolyot bo‘lsa, HDK ixtiyorida 3,7 ming samolyot mavjud.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar