20:10 / 12.09.2024
17

Durov hibsga olingach, Telegram yuridik so‘rovlarga javob bera boshladi

Durov hibsga olingach, Telegram yuridik so‘rovlarga javob bera boshladi
Foto: Reuters
Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng Telegram ma’muriyati Fransiya rasmiylariga jinoiy ishlar bo‘yicha bir qancha so‘rovlarga javob berdi. Bu haqda Liberation nashri xabar berdi.

Messenjer voyaga yetmaganlar milliy politsiya boshqarmasi (Ofmin) tomonidan bir nechta jinoiy tergovlarda berilgan so‘rovlarni haqiqatan bajardi va ba’zi gumondorlarni aniqlashi mumkin bo‘lgan materiallarni taqdim etdi. Xususan, gap pedofiliya haqida ketmoqda”, deb yozadi nashr.

Buni Liberation nashriga Parij prokuraturasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Joanna Bruss tasdiqlagan.

Sirlar baribir oshkor bo‘ladi”, dedi u.

Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. Hibsga olish uchun order, rasmiylarga ko‘ra, tadbirkor telegramdan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq. 28 avgust kuni Parij sudi Durovni Fransiyadan chiqib ketish taqiqlangan holda 5 million yevro garov evaziga ozod qilgan edi.

Liberation nashrining xabar berishicha, Durov so‘roq paytida Fransiya kontrrazvedkasi bilan maxsus aloqa kanali borligini, bu orqali bir necha teraktlarning oldi olinganini aytgan. Shu bilan birga, manbalar gazetaga ma’lum qilishlaricha, 2013 yildan 2024 yilgacha Fransiya politsiyasi Telegram'dan 2460 ta so‘rovga javob olmagan.

Durov hibsga olinganidan keyin Seul politsiyasi ham Telegram’da chuqur soxta pornolar tarqatilgani sababli Telegram'da tergov boshlagan edi. Messenjer Janubiy Koreya rasmiylarining iltimosiga ko‘ra, deepfakelar bilan porno kontentni olib tashlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Durov hibsga olingach, Telegram yuridik so‘rovlarga javob bera boshladi