Foto: BFM.ru
Germaniya kansleri Olaf Sholsning partiyadoshlari o‘rtasida saylovoldi ro‘xatiga uning o‘rniga nisbatan obro‘liroq siyosatchini kiritish kerak degan gaplar yuribdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Sholsning o‘rnini mudofaa vaziri Boris Pistorius yoki Saar federal yeri bosh vaziri Anke Rexlinger egallashi mumkin. 22 sentyabrda Brandenburgda o‘tadigan saylov kansler uchun burilish nuqtasi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas (ushbu hududda Sotsial-demokratlar partiyasi (SDP) Germaniya birlashganidan buyon hukmronlik qiladi).
Muxolifatning fikricha, Germaniyaning qaynoq muammolari (noqonuniy migratsiya, o‘ng va so‘l populistlarning kuchayishi, iqtisodiy turg‘unlik)ga yechim topa olmayotgan hukumat saylovchilarning ishonchini yo‘qotgan. Hukumatda birdamlik yo‘qligida esa aynan Shols ayblanmoqda.
«(AQSH prezidenti) Jo Bayden Kamala Harrisga o‘rnini bo‘shatib berganini hozir parlament fraksiyasidagi ko‘p odamlar gapirishmoqda va biz ham shunday yo‘lni tanlasak bo‘lmasmikan degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda», — SDP deputatlaridan birining so‘zlarini keltirdi Financial Times.
Forschungsgruppe Wahlen sotsiologlari ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya birlashgan 1990 yildan beri amalga o‘tirgan kanslerlar orasida eng reytingi pasti — Shols. O‘tgan hafta o‘tkazilgan so‘rov qatnashchilarining 77 foizi uni «kuchsiz yetakchi» deya baholashgan.
Yaqinda bergan bayonotida Olaf Shols 2025 yilda ikkinchi muddatga Germaniya kansleri etib saylanishiga ishonishini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?