11:00 / 18.09.2024
41

“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi

“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
Foto: Google Images
Livan bosh vaziri Najib Miqoti “Hizbulloh” a’zolari foydalanadigan peyjerlar portlashida Isroilni aybladi. Harakat voqea uchun Isroilni jazolash bilan tahdid qildi.

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, peyjer portlashlari natijasida 9 kishi halok bo‘lgan, 2800 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Hukumat yig‘ilishida Najib Miqoti “Isroilning jinoiy tajovuzi Livan suverenitetini jiddiy buzish hisoblanishini” aytdi, deb xabar bermoqda CNN. Livan Axborot vaziri Ziyod Makari rasmiylar Isroilni javobgarlikka tortish uchun BMTga murojaat qilganini aytdi.

Harakatning Telegram kanallaridan birida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, “Hizbulloh” “barcha fakt va ma’lumotlar hamda hujum haqidagi mavjud dalillarni tekshirib”, mazkur hujum Isroil tomonidan amalga oshirilganini aniqlagan.

Livandagi portlashlar bir qancha hududlarda, jumladan, Bayrut va Bekaa vodiysida sodir bo‘ldi. “Hizbulloh”ning bildirishicha, harakatning ikki a’zosi, jumladan, Livan parlamenti deputati Ali Ammarning o‘g‘li halok bo‘lgan.

Jarohatlanganlar orasida Eronning Livandagi elchisi Mojtaba Amani ham bor. The Times of Israel gazetasining xabar berishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumat bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, “Hizbulloh” hujumi sodir bo‘lgan taqdirda qanday harakatlarni amalga oshirishni muhokama qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi