23:53 / 18.09.2024
33

Durov farzandlarining onasi Telegram aktivlariga da’vo qilmoqda

Durov farzandlarining onasi Telegram aktivlariga da’vo qilmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Pavel Durovning uch nafar farzandining onasi Irina Bolgar Telegram messenjerini birgalikda orttirilgan mulk deb atadi. Shuningdek, u tadbirkorni yozma hamda og‘zaki kelishuvlarni bajarmaganlikda aybladi.

Irina Bolgarning aytishicha, u Pavel Durov bilan ro‘yxatdan o‘tmagan holda 10 yil davomida birga yashab kelgan — bu vaqt ichida juftlikning uch farzandi dunyoga kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oilaning barcha muhim aktivlari faqat Durov nomiga rasmiylashtirilgan.

«Men ulardan ishonchnomalar orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldim, garchi ularni [aktivlar] ishlatishga ruxsat berilgan bo‘lsalarda, mening huquq va manfaatlarim to‘liq himoya qilinmagan hamda ma’lum bo‘lishicha, istalgan vaqtda buzilishi mumkin edi», — deb yozadi ayol Instagram'dagi sahifasiga.

Uning ta’kidlashicha, nikoh rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsada, Telegram messenjerini «birgalikda orttirilgan mulk» deb hisoblaydi. Bolgarning so‘zlariga ko‘ra, u bolalar uchun trast fondlar ochilishi haqidagi «va’dalarga ishongan», ammo bu amalga oshirilmay qolib ketgan. Shuningdek, ayolning aytishicha, Durov unga va bolalariga «qimmat ko‘chmas mulk» olib bermagan.

«U og‘zaki va yozma barcha kelishuvlarimizni buzdi, va’dalari esa bajarilmasdan qolib ketdi», — deydi ayol.

Bolgarning ta’kidlashicha, ayrim davlatlarda gap mol-mulkka egalik huquqi haqida ketganda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan munosabatlar ham rasmiy nikoh maqomiga ega. Boshqa mamlakatlarda esa fuqarolik qonunchiligidan kelib chiqib, birgalikda erishilgan mulkka da’vo qilish mumkin.

Avvalroq Irina Bolgar ismli ayol Telegram asoschisi Pavel Durovni farzandiga nisbatan «jismoniy zo‘ravonlik ishlatganlikda» ayblab, Shveysariya sudiga da’vo arizasi kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Pavel Durov — ko‘p farzandli ota. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmenning kursdoshi Darya Bondarenko 2009 yilda Durovdan Alina ismli qiz, 2020 yilda esa Mixail ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan. Durovning o‘zi 29 iyul kuni dunyoning 12 mamlakatida 100 dan ortiq bolaga biologik ota hisoblanishini aytgan edi. Durov ushbu bayonotni Irina Bolgar biznesmen uning uch nafar farzandining otasi ekani haqida gapira boshlaganidan keyin bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Durov farzandlarining onasi Telegram aktivlariga da’vo qilmoqda