Foto: Balkis Press/ABACA/IMAGO
Minglab «Hizbulloh» jangchilarida portlagan peyjerlar Vengriyaning BAC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, deya ma’lum qildi Tayvan kompaniyasi.
Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi Livanning «Hizbulloh» harakati tomonidan buyurtma qilingan peyjerlarni ishlab chiqarishga aloqasi yo‘qligini bildirdi. Taybey Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan BAC Consulting KFT kompaniyasi bilan shartnoma tuzganini, unga ko‘ra BAC Tayvan brendidan foydalanishi mumkinligi, biroq mahsulotni mustaqil ishlab chiqarishi haqida aniqlik kiritdi.
«AR-924 peyjer modeli BAC tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi. Biz faqat brendimiz uchun tovar belgisiga ruxsat beramiz va bu mahsulotni ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishda ishtirok etmaymiz», deyiladi Gold Apollo 18 sentyabr, chorshanba kuni e’lon qilgan bayonotda. Avvalroq The New York Times minglab «Hizbulloh» jangchilarida portlagan peyjerlar Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edi.
Livanda «Hizbulloh» peyjer va ratsiyalari portlashi
Ikki kun davomida butun Livan bo‘ylab «Hizbulloh» jangchilari foydalanadigan peyjerlar, ratsiyalar va radiostansiyalarning katta portlashlari sodir bo‘ldi. Umuman olganda, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, gadjetlar portlashlari oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, 3500 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Rasmiy Bayrut va «Hizbulloh» harakati vakillari voqeada Isroilni aybladi. U qilgan ishlari uchun «loyiq jazo» olishiga va’da berildi. Reuters manbasining ta’kidlashicha, peyjerlar Isroil razvedka xizmati «Mossad» tomonidan «ishlab chiqarish bosqichida» o‘zgartirilgan. Sky News Arabia manbalariga ko‘ra, qurilmalarda detonator qopqoqlarini jihozlash uchun ishlatiladigan azot kislotasi efirini o‘z ichiga olgan portlovchi modda - pentaeritrittetranitrat bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, portlashlar «Mossad» akkumulatorlar haroratini masofadan oshirganda sodir bo‘lgan.
Isroil mudofaa vaziri: «Hizbulloh» bilan urush tobora yaqinlashmoqda
Livan bilan chegarada deyarli har kuni sodir bo‘layotgan to‘qnashuvlar tufayli diplomatik kelishuv imkoniyatlari kamayib bormoqda. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant AQSH prezidenti yordamchisi o‘rinbosari va Davlat departamentining energiya xavfsizligi bo‘yicha katta maslahatchisi Eymos Xokstin bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. Galantning so‘zlari 16 sentyabr kuni Isroil Mudofaa vazirligi tomonidan keltirildi.
«Hizbulloh» o‘zini Hamas bilan bog‘lashda davom etar ekan va mojaroga barham berishdan bosh tortar ekan, kelishuv ehtimoli kamayib bormoqda», dedi vazir Livandagi harakat va falastinliklarga ishora qilib. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi