Foto: Khaosod English
Tailand politsiyasi ikki soatdan ortiq vaqt davomida piton changalida qolib ketgan ayolni qutqardi, deb xabar beradi CNN.
Qayd etilishicha, Arom ismli 64 yoshli ayol uyida idish-tovoqlarni yuvayotganida oyog‘idan nimadir chaqqanini payqagan. «Ilon oldinga tashlanib, meni chaqib oldi», — deya eslaydi ayol.
Shundan keyin piton ayolga o‘ralib, uni bo‘g‘a boshlagan. Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, u ikki soat davomida ilon changalidan qutulishga uringan. Ayol yordam so‘rab baqirgan, ammo avvaliga hech kim uni eshitmagan. Oxir-oqibat qo‘shnilardan biri chinqiriqlarni eshitib, politsiyaga murojaat qilgan.
«Ayol yerda, uning ustini esa piton o‘rab olganini ko‘rib hayratga tushdik. Ilon haqiqatda katta edi», — deydi politsiya serjanti Anusorn Vongmali. Qutqaruvchilar ayolni ilon changalidan qutqarishga 30 daqiqa vaqt sarflagan va uni shifoxonaga yuborgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, mazkur voqeadan keyin ilon qochib ketgan. «Uni tutib qola olmadik», — deyiladi xabarda.
Tailand milliy bog‘larining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 250 turdagi ilonlar uchraydi, ular orasida uch turdagi pitonlar ham bor. Pitonlar zaharli emas, ammo ular o‘z o‘ljasiga chirmashib olib, uni bo‘g‘ib o‘ldiradi. Tailand Milliy sog‘liqni saqlash boshqarmasining qayd etishicha, o‘tgan yili mamlakatda 12 mingga yaqin odam zaharli ilonlar chaqishidan davolangan, 26 kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi