20:12 / 23.09.2024
41

Pavel Durov: “Qoidalarimizni buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkin”

Pavel Durov: “Qoidalarimizni buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkin”
Foto: Google Images
Telegram asoschisi Pavel Durov endilikda tegishli qoidalarni buzgan foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlari tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

Telegram'da qidiruv boshqa xabar almashish ilovalariga qaraganda kuchliroq, chunki u foydalanuvchilarga umumiy kanallar va botlarni topish imkonini beradi. Afsuski, bu xususiyatni noqonuniy tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadigan odamlar suiiste’mol qilmoqda.

So‘nggi bir necha hafta ichida sun’iy intellektdan foydalangan holda maxsus moderatorlar jamoasi Telegram qidiruvini ancha xavfsizroq qildi. Qidiruvda biz aniqlagan barcha nomaqbul kontentlar o‘chirib yuborildi. Agar siz Telegram'da qidiruv chog‘ida xavfli yoki noqonuniy biror narsani ko‘rib qolsangiz, bu haqda @SearchReport orqali bizga xabar bering.

Jinoyatchilarning Telegram Search xizmatini suiiste’mol qilishlarini oldini olish uchun biz xizmat ko‘rsatish shartlari va Maxfiylik siyosatimizni yangiladik va ular butun dunyo bo‘ylab izchil bo‘lishini ta’minladik. Qoidalarimizni buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari qonuniy talablarga javoban tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Bu choralar jinoyatchilarni cho‘chitishi kerak. Telegram qidiruvi noqonuniy tovarlarni targ‘ib qilish uchun emas, balki do‘stlar topish va yangiliklarni topish uchun mo‘ljallangan. Biz deyarli bir milliard foydalanuvchiga ega platformamiz yaxlitligini yomon niyatli odamlar xavf ostiga qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaymiz
", deb yozdi Durov o‘zining kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pavel Durov: “Qoidalarimizni buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkin”