Foto: Reuters
Isroilning Livan janubidagi aholi punktlariga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 274 kishiga yetdi, 700 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Asharq al-Awsat nashri xabar berdi.
Har ikki davlat o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi 17—18 sentyabr kunlari Livanda aloqa vositalari — peyjer, ratsiya, telefon va boshqa shu kabi jihozlarning portlashi ro‘y berganidan so‘ng yanada keskinlashgan edi.
Hodisa oqibatda jami 30 dan oshiq inson vafot etgani, 4000 nafardan ortiq kishi jarohatlangani xabar berilgan. “Hizbulloh” bu ishni Isroil qilgani haqida dalillarga ega ekanini aytib, qasos olishini ma’lum qilgan.
Ko‘p o‘tmay, Isroil Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan turar joy binosiga havo hujumi uyushtirgan va bu 50 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan. Ular orasida “Hizbulloh” maxsus operatsiyalari qo‘mondoni Ibrohim Oqil ham halok bo‘lgan. Bunga javoban livanlik harbiylar Isroilning Ramat-Devid aviabazasi va Hayfa shimolidagi Rafael mudofaa zavodiga hujum qilgan.
O‘z navbatida Isroil prezidenti Isxak Gersog mamlakat Livandagi “Hizbulloh” a’zolarining peyjerlari va ratsiyalari portlashiga aloqador emasligini ma’lum qildi.
Gersog portlashlarga aloqador har qanday operatsiyani rad etib, “Hizbulloh”ning dushmanlari ko‘p ekanini aytdi.
“'Hizbulloh' dushmanlari ko‘p, bizning kunlarimizda ular oz emas. 'Hizbulloh' Livanni bo‘g‘adi, vayron qiladi, yana va yana tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Biz o‘zimizni himoya qilish uchun shu yerdamiz. Biz qiladigan ish shu. Chora ko‘rishimiz kerakligini aniq aytamiz. Har qanday oddiy davlat o‘z xalqini himoya qilgani kabi”, degan u.
Sky News nashriga ko‘ra, bu Isroil rasmiylarining peyjerlar portlashidan keyingi birinchi rasmiy izohidir. Gersog Isroil Livan bilan urushdan “manfaatdor emas”ligini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi