O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik rahbari Baxtiyor Saidov tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh bilan birgalikda O‘zbekiston va Kabo-Verde o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunikeni imzoladi.
Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
“Shubhasiz, yangi hamkorlik mamlakatlarimiz xalqlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, deb yozdi Baxtiyor Saidov Telegram’dagi sahifasida.
Shuningdek, tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond bilan uchrashuv chog‘ida Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi.
Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov
“Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, dedi Baxtiyor Saidov.
Kabo-Verde Afrikaning g‘arbiy sohillarida joylashgan, 10 ta katta va 5 ta kichik oroldan iborat mamlakat hisoblanadi. Seyshel orollari esa Afrikaning sharqiy qismida, Hind okeanida joylashgan.
May oyida O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgandi. Shunday qilib O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 150 tadan oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”