Foto: AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron hujum qilsa, qattiq javob qaytarilishi bilan tahdid qildi. Isroil hukumati rahbari 27 sentyabr, juma kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi chog‘ida «Tehrondagi zolimlarga bir xabarim bor: agar siz bizga hujum qilsangiz, biz ham sizga hujum qilamiz. Eronda Isroilning uzoq qo‘li yetib bora olmaydigan joy yo‘q va bu butun Yaqin Sharqqa tegishli», dedi.
Netanyahu, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni ham mamlakat ichida fuqarolarga zulmga, ham Tehronning tashqi tajovuziga e’tibor bermay, uni tinchlantirishga urinayotganini tanqid qildi. Isroil bosh vaziri, shuningdek, Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonni «sof antisemitizm»da ayblab, Netanyahuni hibsga olish uchun order berishni so‘raganini ta’kidladi.
Netanyahu: BMT «takabbur fars»ga aylandi
Netanyahu o‘z nutqi davomida jahon tashkilotining Isroilga nisbatan adolatsiz, o‘z fikricha, munosabatini qoralab, BMT «takabbur fars»ga aylanganini qo‘shimcha qildi. «Isroil yahudiy davlatiga boshqa davlatlar kabi munosabatda bo‘lmaguncha, bu antisemitizm botqog‘i qurimaguncha, BMTni takabbur farsdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi», dedi Isroil bosh vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi