16:49 / 28.09.2024
29

"Hizbulloh" yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar tufayli Ali Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirildi

"Hizbulloh" yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar tufayli Ali Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirildi
Foto: Getty Images
Eronning diniy yetakchisi Ali Xomanaiy "Hizbulloh" rahbari Hasan Nasrullohning o‘limi haqidagi xabarlar ortidan xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Unga ko‘ra, Xamanaiy joylashgan joyda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Agentlik suhbatdoshlari, shuningdek, Eron "Hizbulloh" va mintaqadagi boshqa ittifoqchilar bilan Nasrullohning o‘limi haqidagi xabarlardan keyin navbatdagi harakatlar yuzasidan aloqada ekanligini da’vo qilmoqda.

Avvalroq Isroil armiyasi Hasan Nasrulloh 27 sentyabr kuni Bayrutda Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumi natijasida halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan edi.

Havo hujumi bir kun avval Nasrulloh ishtirok etishi mumkin bo‘lgan "Hizbulloh" rahbariyatining yig‘ilishi vaqtida amalga oshirilgan.

Al Hadath telekanalining Isroil manbalariga tayanib xabar berishicha, tashkilot shtab-kvartirasiga qilingan hujum chog‘ida bunkerlarni yo‘q qilish uchun kuchli aviabombalardan foydalanilgan. Havo hujumi sodir bo‘lgan joy yaqinidagi kamida oltita bino qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida ham qurbonlar va o‘nlab jarohatlanganlar bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Hizbulloh" yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar tufayli Ali Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirildi