Foto: Getty Images
“Islomiy davlat” (ISHID) jihodchi guruhiga qarshi AQSH boshchiligidagi harbiy koalitsiya bir yildan so‘ng Iroqdagi missiyasini yakunlaydi.
“Vashington va Bag‘dod bir necha oylik muzokaralardan so‘ng kelishuvga erishdi”, deyiladi tomonlar e’lon qilgan qo‘shma bayonotda.
Amerikaning yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, tomonlar ikki bosqichli o‘tish rejasi bo‘yicha kelishib olgan. Birinchi bosqichda – 2025 yil sentyabr oxirigacha – “Iroqdagi ma’lum bazalarda” koalitsiya qo‘shinlarining mavjudligi cheklanadi. Shu bilan birga, Suriyada ISHIDga qarshi kurash davom etadi – ikkinchi bosqichda koalitsiya kuchlariga 2026 yil sentyabrigacha Suriyada maxsus operatsiyalar o‘tkazish uchun Iroq hududidan foydalanishga ruxsat beriladi.
ISHIDga qarshi koalitsiya 2014 yilda Iroq va Suriyadagi jangarilarni yengish uchun tuzilgan. Qo‘shma Shtatlar va Iroq ko‘p oylardan beri koalitsiya qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. AQSHning Iroqdagi mazkur missiyasi doirasida 2500 ga yaqin askari mavjud. Ikki davlatning qo‘shma bayonotida bundan buyon Iroqda qancha amerikalik askar qolishiga aniqlik kiritilmagan.
Amerika vakillari, shuningdek, Iroqdagi AQSH kontingenti va Amerika bazalarining kelgusidagi hajmi haqida bayonot berishdan bosh tortgan. Iroq Mudofaa vazirligi avvalroq koalitsiya Bag‘dod va mamlakatning boshqa hududlaridagi bazalarini 2025 yil sentyabriga qadar, 2026 yil sentyabriga kelib esa koalitsiya qo‘shinlari Iroq shimolidagi muxtor kurd hududlarini ham tark etishini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar