Eron hukumati Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Isroilning juma kuni Bayrutga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lganini tasdiqladi.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ma’lum qilishicha, 27 sentyabr, juma kuni Isroilning Livandagi havo hujumi chog‘ida korpus operatsiyalari qo‘mondoni o‘rinbosari, brigada generali Abbos Nilforushan halok bo‘lgan.
Nilforushan 2019 yilda Ali Zahidiyning o‘rniga operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Korpus o‘z bayonotida Nilforushonning Qarshilik jabhasi va Eronni himoya qilishdagi roli qayd etilgan va uning o‘limi uchun hamdardlik bildirilgan, Isroilning Livandagi jinoyatlarini qoralagan.
Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabr kuni Bayrutda "Hizbulloh" rahbari Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi.
Ilgari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Xamas yetakchisi Ismoil Haniya o‘limi munosabati bilan javob choralarini ko‘rishni va’da qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi