Foto: AFP
Isroil armiyasi tomonidan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh qanday yo‘q qilingani aks etgan kadrlar e’lon qilindi. Saudiya Arabistonining Al Arabiya telekanali voqeani modellashtirdi.
Ma’lum qilinishicha, tonnalab bombalar bilan 6 ta bino va bunkerlar portlatib yuborilgan. Hasan Nasrullohni yo‘q qilish uchun Isroil 80 dan ortiq bombadan foydalangani aytilmoqda. Voqea joyidan “Hizbulloh” yetakchisining jasadi topilgan. Nasrulloh portlashdan o‘lgan bo‘lishi mumkin, uning tanasida jarohatlar qayd etilmagan.
“Hizbulloh” yetakchisining o‘limini tasdiqlovchi bayonotida uning qanday o‘ldirilgani va dafn marosimi qachon o‘tkazilishi haqida ma’lumot bermagan.
Livanda 30 sentyabrdan 2 oktyabrgacha uch kunlik motam e’lon qilingan. Isroilning Livanga hujumlari oqibatida qurbonlar soni 1030 kishiga yetdi.
28 sentyabr kuni Isroil armiyasi “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning Bayrutdagi shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirdi. Yahudiy davlati hujumda Nasrulloh halok bo‘lganini e’lon qildi. Keyinroq “Hizbulloh” 30 yildan ortiq vaqt davomida guruhga rahbarlik qilgan yetakchining vafot etganini tasdiqladi. “Hizbulloh” yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlar tufayli Ali Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirildi.
Isroil armiyasi 2023 yil 8 oktyabrdan beri “Hizbulloh” bilan nazorat ostida jangovar harakatlar olib bormoqda. 23 sentyabr kuni Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa va Baalbek viloyatlariga yuzlab havo hujumlarini amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar