18:10 / 30.09.2024
10

“Hizbulloh” Isroilning Livandagi operatsiyasiga tayyorligini e’lon qildi

“Hizbulloh” Isroilning Livandagi operatsiyasiga tayyorligini e’lon qildi
Foto: NEO
Livandagi “Hizbulloh” shia harakati Isroilning Livandagi quruqlikdagi operatsiyasiga tayyor. Bu haqda harakat bosh kotibi o‘rinbosari Naim Qosim ma’lum qildi.

Avvalroq “Hizbulloh” Isroilning Bayrutning janubiy chekkasiga bergan havo hujumi natijasida harakat bosh kotibi Hasan Nasrullohning halok bo‘lganini tasdiqlagan edi.

"Agar Isroil quruqlikda operatsiya o‘tkazishga qaror qilsa, qarshilik kuchlari mazkur bosqinga tayyor bo‘ladi. Biz tayyorlandik va Xudoning yordami bilan isroillik dushman o‘z maqsadlariga erisha olmasligiga hamda bu jangda g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz komil", deydi Qosim.

Qosim, harakat G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qilgan.

“Hizbulloh” G‘azo va Falastinni qo‘llab-quvvatlash, Livan va uning xalqini himoya qilish hamda qotilliklarga javoban Isroil dushmani bilan to‘qnash kelishni davom ettiradi, deya qo‘shimcha qilgan u.

23 sentyabr kuni Isroil armiyasi bosh shtabi Livanda “Shimol o‘qlari” nomli operatsiya boshlagan edi. O‘tgan haftadan beri Isroil havo kuchlari Livanning turli hududlarida Livanning “Hizbulloh” shia harakati nishonlariga katta zarbalar berib kelmoqda. Shuningdek, Bayrutga bir nechta nishonga olingan havo hujumlari qayd etilgan, natijada “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonlari hamda harakat bosh kotibi Hasan Nasrulloh yo‘q qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Isroilning Livandagi operatsiyasiga tayyorligini e’lon qildi
ePN