00:11 / 01.10.2024
24

Bayden Isroilning Livanda quruqlikdagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

Bayden Isroilning Livanda quruqlikdagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilning Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi harbiy amaliyotini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar oldidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

Men Isroilning rejalaridan siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq xabardorman va ular harbiy amaliyotlarni to‘xtatsa yaxshi bo‘lardi. Bizga hozir o‘t ochishni to‘xtatish kerak”, dedi u.

Avvalroq The Washington Post nashri Isroil Qo‘shma Shtatlarni Livanda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazishni rejalashtirayotgani yuzasidan ogohlantirgani haqida xabar bergan edi.

Isroil 23 sentyabr kuni Livandagi “Hizbulloh” tuzilmalariga qarshi “Shimol o‘qlari” harbiy operatsiyasini boshlagan bo‘lib, unda harakatning harbiy nishonlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda.

“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 28 sentyabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlarining Bayrutdagi yerosti qarorgohiga uyushtirgan hujumida halok bo‘ldi. Yahudiy armiyasi u bilan birga 20 nafar qo‘mondon ham qurbon bo‘lganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Isroil hujumi oqibatida HAMAS harakatining Livandagi rahbari Fath Sharif Abu al-Amin ham halok bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Isroilning Livanda quruqlikdagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi