Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden Eronning Isroilga uyushtirgan raketa hujumlarini Oq uydagi Situatsion xonada kuzatib bormoqda. U amerikalik harbiylarga «Isroil Eron hujumlaridan himoyalanishi uchun yordam berishni» buyurdi.
Oq uyning yozma bayonotiga ko‘ra, AQSH prezidenti Bayden hamda vitse-prezident Kamala Harris Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik oshib borayotganini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Bayden va Harris Oq uydagi Situatsion xonada milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoa bilan uchrashuv o‘tkazgan va Eronning Isroilga nisbatan amalga oshirgan raketa hujumlariga bog‘liq voqealar rivojini kuzatyapti.
«Prezident Bayden amerikalik harbiylarga Eronning Isroilga hujumidan himoyalanishga yordam berish va mamlakatga qaratilgan raketalarni urib tushirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — deyiladi bayonotda.
1 oktyabr kuni kechqurun Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Isroil tomon raketalarni uchirib, buni HAMAS va «Hizbulloh» yetakchilarining o‘limiga javoban qasos deb atadi.
Jerusalem Post xabariga ko‘ra, Eron 500 ga yaqin raketani uchirgan va bu Isroilga eng keng ko‘lamli zarba bo‘lgan. Raketalar uchirilgach Isroil, Iordaniya va Iroq o‘z havo hududini zudlik bilan yopdi. O‘z navbatida SAHAL bu zarbalar Eron uchun oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?