© Sputnik / Sergey Guneyev
Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Peskov jurnalistning Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Ukrainadagi mojaro go‘yoki kamida 10 yil davom etishi va “koreys” ssenariysi bo‘yicha yakunlanishi haqidagi bashoratiga Kreml qanday qarashi haqidagi savoliga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tajribali siyosatchilar Ukraina mojarosi bo‘yicha o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin, Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya o‘z maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerakligidan kelib chiqadi.
“Albatta, barcha siyosatchilar, tajribali siyosatchilar, bilimdon siyosatchilar Ukraina atrofidagi mojaro bo‘yicha o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin. Biz maxsus harbiy operatsiya barcha belgilangan maqsadlarga erishish bilan yakunlanishi kerakligidan kelib chiqamiz”, — dedi Peskov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?