Foto: Reuters
Livanda so‘nggi 24 soat ichida 28 nafar tibbiyot xodimi hujumlar oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Livanda so‘nggi 24 soat ichida 28 nafar tibbiyot xodimi vafot etdi”, dedi u va mamlakat janubida 37 ta sog‘liqni saqlash muassasasi yopilganini qo‘shimcha qildi.
Unga ko‘ra, Bayrutda uchta shifoxona xodimlar va bemorlarni to‘liq evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan, yana ikkitasi esa qisman evakuatsiya qilingan.
“Ko‘plab tibbiyot xodimlari ishga bormayapti, chunki ular bomba portlashi tufayli ishlagan hududlaridan qochib ketgan. Bu ko‘plab yaradorlarni davolashni va tibbiy xizmatlarning uzluksizligini jiddiy cheklaydi”, dedi Gebreyesus.
Avvalroq Isroil samolyoti birinchi marta Bayrutning markaziy hududi — Bashuraga zarba bergani xabar qilingandi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining favqulodda vaziyatlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi