Foto: Amr Abdallah Dalsh/REUTERS
6 oktyabr, dushanba kuni Isroil qiruvchi samolyotlari «Hizbulloh» guruhining Bayrutdagi razvedka shtabiga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL ) Telegram'dagi kanalida ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Isroil Bayrut chekkasidagi «Hizbulloh»ning qurol omborlariga hujum qildi. «Zarbalardan so‘ng ikkilamchi portlashlar qayd etildi, bu qurol borligini ko‘rsatmoqda», — deya ma’lum qildi SAHAL. «Hizbulloh» tashkiloti qasddan o‘zining qo‘mondonlik markazlari va qurol-yarog‘larini Bayrut markazidagi turar joy binolari ostiga joylashtirib, aholini xavf ostiga qo‘ygan», — deya ta’kidladi idora.
Isroil, shuningdek, Livan janubi va Beka vodiysidagi «Hizbulloh» obyektlariga zarbalar berdi. SAHAL qurol-yarog‘ omborlari va infratuzilmaga, jumladan, qo‘mondonlik markazi va raketa otish moslamasiga zarba yo‘llanganini ma’lum qildi.
Isroil Livan bilan chegarada ikkinchi yopiq hudud haqida ma’lum qildi
Isroil mudofaa kuchlari 6 oktyabr kuni Livan bilan chegaradagi yana uchta hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi. SAHAL Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, «vaziyat baholanganidan so‘ng» mintaqaga kirish taqiqlangan.
Gap Isroil shimolidagi Manara, Iftah va Malkiya kibutsilari haqida bormoqda. 30 sentyabr kuni SAHAL Metula, Misgav Am va Kfar Giladi jamoatlari atrofidagi hududlarni harbiy hudud deb e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi