
Foto: Getty Images
Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatlashuvlar chogʻida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galant Eronga qarshi ehtimoliy javob hujumi rejasi hamda vaqti boʻyicha kelishib oldi.
Qayd etilishicha, operatsiyani boshlash uchun Vazirlar Mahkamasining yakuniy roziligi talab qilinadi.
Netanyaxu avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot chogʻida Eronning raketa hujumiga ehtimoliy javob variantlarini muhokama qilgan edi. Shundan soʻng u javob hujumi maqsadlarini kelishish uchun Isroil Xavfsizlik mahkamasini yigʻgan.
Washington Post nashriga koʻra, suhbat chogʻida Netanyaxu Amerika prezidentiga Isroil yadro yoki neft ob'ektlariga emas, Eronning harbiy ob'ektlariga hujum qilishga tayyorligini ma'lum qilgan. Nashr manbalarining qayd etishicha, Baydenning Isroilga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joʻnatish qarorida aynan Isroil bosh vazirining moʻtadil pozitsiyasi muhim rol oʻynagan.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Isroilning Eron neft ob'ektlariga hujumi energiya narxining keskin oʻsishiga, Eron yadroviy inshootlariga hujum esa mojaroning yanada kuchayishiga, jumladan, AQShning bevosita aralashuviga olib kelishi mumkin.
1 oktyabr kuni Eron Isroilga hujum qilib, 180 dan ortiq raketa uchirgan edi, ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirilgan. Tehron bu zarbani Livanning “Hizbulloh” harakati etakchisi Hasan Nasrulloh oʻlimiga javob deb atagan. Eron hujumidan soʻng Isroil armiyasi “jiddiy va muhim javob” qaytarishga va'da bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar