Soch nega oqaradi? Yoshlikdan oq sochlarning paydo bo‘lish sabablari

Salomatlik2 daqiqa o'qish0
Soch nega oqaradi? Yoshlikdan oq sochlarning paydo bo‘lish sabablari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Soch oqarishi soch follikulalaridagi melanin pigmentini ishlab chiqaruvchi hujayralar faoliyatining yosh o‘tishi bilan susayishi natijasida yuzaga keladi.
  • Bu jarayonga irsiyat, uzoq davom etuvchi stress, V12 vitamini va minerallar yetishmasligi, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi hamda chekish kabi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Oynaga qarab, hali yosh bo‘lishiga qaramay, sochlari orasida oq tolalarni ko‘rganlar ko‘p. Kimdir buni stress bilan bog‘lasa, boshqalar vitamin yetishmasligi yoki irsiyatdan deb hisoblaydi. Xo‘sh, soch aslida nega oqaradi va bu jarayonni ortga qaytarish mumkinmi?

Soch oqarishining asosiy sababi nima?

Sochning rangini melanin deb ataluvchi pigment belgilaydi. Soch follikulalaridagi pigment ishlab chiqaruvchi hujayralar melanin hosil qiladi. Yosh o‘tishi bilan bu hujayralar faoliyati susayib, sochga rang beruvchi pigment kamayadi. Natijada yangi o‘sayotgan sochlar oq yoki kulrang bo‘lib chiqadi.

Bu jarayon odatda 30–40 yoshlarda sezila boshlaydi, biroq ayrimlarda ancha erta, hatto o‘smirlik yoki 20 yoshlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunda eng muhim omillardan biri — irsiyat.

Nega ayrimlarning sochi yoshligida oqaradi?

Erta oqarishga bir nechta omil ta’sir qilishi mumkin:

- Irsiyat. Eng muhim omillardan biri. Oilada soch erta oqarishi kuzatilgan bo‘lsa, bu xususiyat avloddan-avlodga o‘tishi mumkin.

- Stress. Uzoq davom etuvchi kuchli stress soch pigmentini ishlab chiqaruvchi hujayralarga ta’sir qilib, oqarish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Ammo soch bir kechada butunlay oqarib qolishi haqidagi gaplar ko‘pincha mubolag‘a.

- Vitamin va minerallar yetishmasligi. V12 vitamini, ayrim minerallar va oziqlanish bilan bog‘liq muammolar erta oqarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

- Sog‘liq bilan bog‘liq holatlar. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi va ayrim autoimmun kasalliklar ham soch pigmentiga ta’sir qilishi mumkin.

- Chekish. Tadqiqotlarda chekish va sochning erta oqarishi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan.

Oq sochni yulib tashlash mumkinmi?

Oq sochni yulib tashlash uning o‘rniga yanada ko‘p oq soch chiqishiga sabab bo‘lmaydi. Bu keng tarqalgan afsona. Ammo sochni qayta-qayta yulish follikulga zarar yetkazib, sochning siyraklashishiga olib kelishi mumkin. Yulingan soch o‘rniga qayta o‘sgan tola ham, odatda, oq bo‘ladi.

Sochni qayta qoraytirish mumkinmi?

Agar sochning oqarishi irsiy yoki yoshga bog‘liq bo‘lsa, uni tabiiy ravishda qayta qoraytirishning isbotlangan usuli hozircha yo‘q. Biroq oqarish vitamin yetishmasligi yoki ayrim kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lsa, asosiy sababni davolash jarayonni sekinlashtirishi, ayrim hollarda pigmentning qisman tiklanishiga yordam berishi mumkin. Bu haqda American Academy of Dermatology (Amerika Dermatologiya akademiyasi) ma’lumot berdi.

Shuning uchun soch juda erta oqara boshlasa, ayniqsa bu holat tez kuchaysa, dermatologga murojaat qilib, zarurat bo‘lsa, tahlillar topshirish maqsadga muvofiq.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?