Foto: RIA Novosti
Rossiya hukumati 2025 yilda chet elliklarning vaqtinchalik yashashi uchun mo‘ljallangan kvotani tasdiqladi. TASS xabariga ko‘ra, kelasi yilda 5500 ta yashash uchun ruxsatnoma beriladi, bu joriy yildagidan (10 595 ta) deyarli ikki baravar kam.
Ruxsatnomalar miqdori Rossiya hududlarining talabnomasiga ko‘ra shakllantiriladi va taqsimlanadi. Odatdagidek, Moskva eng ko‘p ruxsatnomani oladi: kelgusi yilda ularning soni 1 mingtani tashkil qiladi (bu yilgi 1,5 mingtaga nisbatan). Moskva viloyati yana 350 ta oladi. Sankt-Peterburg - 200 ta, Tatariston va Boshqirdiston - har biri 100 tadan.
Kvota hajmi so‘nggi besh yil ichida qisqarib bormoqda. 2021 yilda xorijliklarga 39 mingta vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berilgan edi. Ichki ishlar vazirligi ba’zi hududlar kvotani to‘liq ishlatmaganini ta’kidlamoqda: shu tariqa, departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda belgilangan miqdorning atigi 20,4 foizi sarflangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi