
Foto: Pars Today
Isroil hujum qilsa, Eron "ogʻriqli" javob qaytaradi. Bu haqda Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) qoʻmondoni general-leytenant Husayn Salamiy aytib oʻtdi. Salamiyga koʻra, Amerikaning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari bu holatda Isroilga yordam bera olmaydi.
“Biz har doim bergan va'dalarimizni bajaramiz. Agar Eron hududida yoki mintaqaning boshqa joyida bizning ob'ektlarimizga hujum qilsangiz, biz ogʻriqli javob beramiz", dedi qoʻmondon.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Eron Amerikaning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlariga muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsatishga qodir va Isroil ularga tayanmasligi kerak, chunki Tehron ularning “barcha zaif va kuchsiztomonlarini biladi”.
IIQK bosh qoʻmondoni soʻzlariga koʻra, Eronning 1 oktyabr kuni HAMAS va Hizbullohning yuqori martabali a'zolarini yoʻq qilinishga javoban amalga oshirgan yirik raketa hujumi faqat ogohlantirish edi.
"Yahudiy davlati bundan saboq olishi kerak edi", dedi general.
1-oktyabr kuni Eron Isroilga qarata 200 dan ortiq raketa uchirdi, ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirildi. Eron hujumni "Hizbulloh" etakchisi Hasan Nasrulloh va IIQK general mayori Abbos Nilforushanning oʻlimiga javob deb atadi.
Isroil armiyasi “jiddiy va muhim javob”ni va'da qildi. 15 oktyabr kuni Isroil rahbariyati Eronga boʻlajak hujumning vaqti va usulini tanlagani ma'lum boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar