Foto: Yousef Masoud/Keystone Press Agency/Global Look Press
HAMAS Siyosiy byurosi rahbari lavozimiga ehtimoliy nomzodlar orasida Muhammad Darvish, Xalil al-Hayya, Muhammad Nazzol va Xolid Mashal bor, deb yozdi Asharq Al Awsat o‘z manbasiga tayanib.
Nashrning ta’kidlashicha, HAMAS yangi yetakchining kimligini yashirishga harakat qilmoqda. Harakat vakillarining aksariyati uning lavozimga tayinlanganidan keyin xavfsizlik nuqtayi nazaridan ismi sir tutilishi tarafdori.
Manbalarning aytishicha, bunday choralar HAMAS Siyosiy byurosining yangi rahbarini Isroil tomonidan ehtimoliy ta’qiblardan himoya qilishi mumkin. Harakat, shuningdek, muzokaralar qayta boshlangan taqdirda qarorlarni kim qabul qilishi borasida Isroil rasmiylarini chalg‘itmoqchi.
Isroil rasmiylarining bildirishicha, HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar 16 oktyabr kuni o‘ldirildi. U avgust oyida o‘zidan oldingi rahbar Ismoil Haniya o‘ldirilganidan keyin, uning o‘rniga tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi