Foto: Shutterstock
Agar Isroil Eronga hujum qilsa, Eron qo‘mondonligi javob tariqasida Isroildagi hujum qilinadigan nishonlarni belgilab oldi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy ma’lum qildi.
«Eronga qilingan har qanday hujum «qizil chiziqni» kesib o‘tish hisoblanadi, biz buni javobsiz qoldirmaymiz. Eronning yadroviy inshootlariga qilingan har qanday hujumga yoki shunga o‘xshash har qanday zarbaga munosib javob qaytaramiz», deb vazir so‘zlaridan iqtibos keltirdi Press TV.
«Biz endi Isroil tomonidan ishg‘ol qilingan yerlardagi barcha nishonlarimizni aniqladik va ularga qarshi ham xuddi shunday hujumni amalga oshiramiz», dedi Aroqchiy.
U AQSHni tanqid qilib, uning yordamisiz Isroil G‘azo sektori va Livanda jang qila olmasligini aytdi. «Agar amerikaliklar haqiqatdan ham siyosiy iroda ko‘rsatsa, ular Isroilni to‘xtatib, hujumlarga barham berishi mumkin edi», deb qo‘shimcha qildi vazir.
«Agar mintaqada keng ko‘lamli urush boshlansa, AQSH unga jalb qilinadi, Eron buni istamaydi», dedi Aroqchiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro Fors ko‘rfazi davlatlarini qamrab olishi mumkin, lekin buni diplomatik kelishuv bilan hal qilish uchun hali ham imkoniyat bor.
1 oktyabr kuni Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroilga ko‘p sonli raketalar bilan zarba berdi. Isroil harbiylari hujumga o‘rinli paytda javob bo‘lishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi