13:34 / 30.10.2024
58

Ramzan Qodirov: “Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi”

Ramzan Qodirov: “Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi”
Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikaga uchirilgan dron hujumi oqibatida ukrainalik harbiy asirlar halok bo‘lganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

29 oktyabr kuni Chechenistondagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti dron hujumiga uchradi. Qodirov shu kuni universitet tomi yonib ketgani, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligini aytdi. Shuningdek, u Ukrainadan qasos olishga va’da berdi.

Biroq 30 oktyabr kuni Checheniston rahbari jurnalistlar bilan suhbatda dron hujumida ukrainalik harbiy asirlar halok bo‘lganini ta’kidladi.

"O‘quv markazi (Rossiya maxsus kuchlari universiteti) frontning eng murakkab joylarida o‘z ko‘nikmalarini samarali qo‘llay oladigan yuqori malakali jangchilarni tayyorlaydigan markazdir. Ular yuzlab muhim strategik aholi punktlari, obyektlar va chegaralarni zabt etishda katta xizmat ko‘rsatgan.

Oldin aytganimdek, hujum natijasida bizning tomonimizdan qurbonlar yo‘q. Ammo! Ular ukrainalik asirlar orasida bor. Respublikadagi har bir strategik obyektda 10 tagacha ukrainalik asir saqlanmoqda, shu jumladan Rossiya maxsus kuchlari universitetida ham. Kiyev bizga zarar yetkazmoqchi bo‘lib, o‘z askarlarini halok qildi. Bundan keyin Ukraina shuni tushunishi kerakki, bunday hujumlar avvalo o‘z fuqarolariga zarar keltiradi
", dedi Ramzan Qodirov.

U universitetga qilingan hujum uchun qasos olinishi, komandirlar o‘zlariga yuklatilgan vazifani bajarishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: “Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi”