Irlandiyaning Dublin shahrida 5 noyabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga oid zo‘ravonlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqida Belfast Telegraph nashri xabar qildi.
Jabrlanuvchining, ya’ni sartarosh Nikita ni Laymxinning ta’kidlashicha, 2018 yil 9 dekabr kuni Makgregor va uning do‘sti Jeyms Lourens unga jinsiy zo‘ravonlik qilgan.
Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan ziyofatdan so‘ng, ni Laymxin Makgregor bilan bog‘langan va u Nikitani dugonasi bilan birga shaxsiy avtomashinasida olib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kecha irlandiyalik jangchida giyohvand moddalar solingan paket bo‘lgan. Bir oz vaqt o‘tgach, ular Jeyms Lourensning uyiga yetib borgan va Makgregor Nikitaga tegajog‘liq qila boshlagan. Natijada, Konor unga jismoniy kuch ishlatgan.
Hodisa oqibatida Nikita turli tan jarohatlari olgan. Ni Laymxin Konordan tovon puli talab qilmoqda. Irlandiyalik sportchining advokatlari ayol tovlamachilik va firibgarlik bilan shug‘ullanishini ta’kidlagan. Keyingi sud majlisi ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Konor Makgregor o‘zining so‘nggi jangini 2021 yil 11 iyul kuni Las-Vegasdagi UFC 264 turnirida o‘tkazgan edi. Yengil vazn toifasida amerikalik Dastin Pore bilan kechgan jang irlandiyalik sportchining mag‘lubiyati va oyog‘i sinishi bilan yakunlangandi.
Avvalroq Makgregor faoliyatini hali yakunlamaganini va istalgan vaqtda oktagonga qaytishi mumkinligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
Nyu-York shahri oldida jiddiy xavf paydo bo‘ldi
Metabolizmni sekinlashtiradigan odatlar
Muvaffaqiyatning siri nimada?
Mevali daraxtlarni qanday kesish kerak?
Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” Qatar jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina jangarilariga qarshi yangi taktika qo‘llamoqda
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi