Foto: Reuters
Isroil qiruvchi samolyotlari Bayrutning Rafiq Hariri xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan janubiy hududlariga zarbalar berdi. Bu haqda Al Jadeed telekanali ma’lum qildi.
Portlash ovozi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan bir necha yuz metr uzoqlikda eshitilgan.
Xabar qilinishicha, Isroil samolyotlarining faolligi va kuchli zarbalariga qaramay, Bayrut aeroporti odatdagidek ishlashda davom etmoqda.
30 oktyabr kuni Livan “Hizbulloh” harakatining yangi bosh kotibi Naim Qosim saylanganidan keyingi birinchi nutqida o‘z tarafdorlariga Isroil ustidan g‘alaba qozonishini va’da bergan edi.
Shundan so‘ng Livan poytaxti Bayrutning janubiy qismida Isroil qiruvchi samolyotlari va dronlarining hujumidan keyin kamida 10 ta kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat Livanning turli hududlarida 17 va 18 sentyabr kunlari sodir bo‘lgan peyjerlar va ratsiyalarning ketma-ket portlashlaridan keyin yanada keskinlashgan edi. 19 sentyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari mamlakat bo‘ylab havo hujumlarini boshlagan. Isroil hukumati Livandagi “Hizbulloh”ning harbiy infratuzilmasiga qarshi “maqsadli hujum operatsiyasi” boshlanganini e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."