Foto: Getty Images
Trampning AQSH prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi fonida Tesla kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshib ketdi, deb xabar beradi Quartz.
Qayd etilishicha, kompaniya aksiyalarining qiymati 2022 yil sentyabrdan beri birinchi marta 300 dollardan qimmatlashgan — hozirda ular 313 dollar darajasida sotilmoqda. Oxirgi 12 kun ichida kompaniya aksiyalari narxi 44 foizga ko‘tarilgan.
«Bunday o‘sish elektromobillar ishlab chiqaruvchisini dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘ringa olib chiqdi», — deyiladi xabarda.
Kompaniyaning muvaffaqiyati Donald Trampning AQSH prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi bilan bog‘lanmoqda. Tesla egasi Ilon Mask Trampning yaqin ittifoqchisi bo‘lib, endi u yangi Hukumat samaradorligi departamentini boshqaradi (ushbu komissiya hukumatning to‘liq auditini o‘tkazadi). Bundan tashqari, Mask Tesla'ning o‘sishiga xalaqit berib kelayotgan elektrokarlar sohasini «haddan ortiq» nazorat qilinishini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Trampning qayta saylanishi uning eng ochiq va sodiq tarafdorlaridan biri bo‘lgan Ilon Mask boyligini 26,5 milliard dollarga ko‘paytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Endi tadbirkorning davlati 290 milliard dollarga baholanmoqda.
Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, 5 noyabr kuni saylovning tezda yakunlangani va Trampning g‘alabasi bo‘yicha prognozlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tezda o‘stirdi. Respublikachilar vakili saylovoldi kampaniyasida deregulyatsiya bilan bog‘liq siyosatni va biznesni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa qonunlarni va’da qilgani bois, investorlar buni qimmatli qog‘ozlar bozoriga foyda keltirishi mumkinligini his qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?